SilkHire
SilkHire
M

SMM menejer

active
Tashkent, UzbekistanMeat city
Other
Tashkent, UzbekistanMeat city
To'liq bandlik
Ofisda
Mid
Doimiy
01

Lavozim haqida

“Meat City” jamoasiga kreativ va mas’uliyatli SMM menejer qidirmoqdamiz. Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda trendlarni kuzatishni, auditoriya bilan ishlashni va food yo‘nalishidagi kontent yaratishni yaxshi ko‘rsangiz — sizni jamoamizda kutamiz.

Bu lavozimda siz kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi imijini rivojlantirasiz, kreativ g‘oyalar ishlab chiqasiz va media jamoa bilan ishlaysiz. Ish jarayonida videograf, dizayner va marketing jamoasi bilan hamkorlik qilasiz

02

Siz nima qilasiz

  • Instagram’da 4 ta profilni yuritish;

  • Har oy va hafta uchun kontent plan tuzish;

  • Post, story va reels uchun g‘oyalar ishlab chiqish;

  • Videograf va dizayner bilan birgalikda kontent tayyorlash;

  • Jamoaga aniq topshiriqlar bera olish va jarayonni nazorat qilish;

  • Trend va raqobatchilarni monitoring qilish;

  • Reklama va aksiyalar uchun kreativ takliflar berish;

  • Sahifalar statistikasini tahlil qilish va hisobot tayyorlash;

  • Brend uslubini ijtimoiy tarmoqlarda bir xil olib borish.

03

Biz nimani qidirmoqdamiz

  • Yosh: 18–28;

  • Jinsi: farqi yo‘q;

  • SMM sohasida kamida 2 yillik tajriba bo‘lishi;

  • Instagram platformasini yaxshi tushunish;

  • Kontent plan tuzish ko‘nikmasi;

  • Videograf va dizayner bilan ishlash tajribasi;

  • Vazifa qo‘yish va nazorat qilish qobiliyati;

  • Kreativ fikrlash va trendlarni tez ilg‘ash;

  • Food yo‘nalishidagi ishlab chiqarish korxonalarida yoki marketing agentliklarida ishlagan nomzodlar afzal ko‘riladi;

  • Canva, Meta Business Suite va mobil montaj ilovalarini bilish ustunlik beradi.

04

Afzalliklar

  • Qulay ish grafigi: 5/2, 09:00–18:00

  • Kompaniya mahsulotiga chegirma

  • Ahil va kreativ jamoa

  • Professional rivojlanish imkoniyati

  • Loyihalarni mustaqil yuritish imkoniyati;

  • Doimiy va o'sib boruvchi oylik

  • Nonushta va Tushlik kompaniya hisobidan

  • Yo'l kira qoplab beriladi

10 000 000 – 16 000 000 UZS/oyMeat city